Kataloniya klubi yanada kuchaydi. "Real" - "Barselona" (prevyu)

Aslanov Jasurbek
2 mar 2019
Bugun, 2 mart kuni "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 26-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bir necha kun oldin bo'lib o'tgan 2ta "El-Klassiko"dan so'ng "Barselona" o'z kuchiga yanada ishona boshlaydi. Chunki Kataloniya klubi Ispaniya Kubogi yarim finalida "Real"ni mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari bazi muhim futbolchilar jarohatidan qutilishdi. E'tiboringizga ushbu jamoalarga oid so'nggi ma'lumotlarni taqdim etamiz.

"Real"

- Serxio Ramos yana "Real" safida maydonga tushishi mumkin. U "Levante"ga qarshi bahsda qizil kartochka olib, diskvalifikaciya qilingandi.

- Nacho sariq kartochkalar ko'payib ketgani uchun bugun maydonga tushmaydi.

- Santyago Solari "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya Kubogi bahsidagi tarkib deyarli o'zgarishsiz qoladi. Faqat darvozabon Tibo Kurtua Keylor Navas o'rnini egallaydi.


"Barselona"

- Braziliyalik yarim himoyachi Artur jarohatidan qutildi, ammo murabbiylar shtabi tavakkal qilmaslik uchun uni zaxirada olib qolishi mumkin.

- Nelson Semedu "Real"ga qarshi bahsda Vinisiusni yaxshi qo'riqlagani tufayli bugun asosiy tarkibda bo'lishi kutilmoqda.

- Samuel Yumtiti Kleman Langle o'rnini egallashi kutilyapti.



Taxminiy tarkiblar

"Real": Kurtua, Reguilon, Ramos, Varan, Karvaxal, Kroos, Kasemiro, Modrich, Vinisius, Benzema, Vaskes.

"Barselona": Ter Shtegen, Alba, Umtiti, Pike, Semedu, Rakitich, Buskets, Roberto, Dembele, Suares, Messi.


O'yinga oid qiziqarli ma'lumotlar

- "Barselona" LaLigadagi so'nggi 12ta o'yinining 10tasida g'alabaga erishdi

- "Barselona" "Real"ga qarshi o'tkazgan mehmondagi so'nggi 6ta uchrashuvning 5tasida kamida 3ta gol urgan

- "Real"ning LaLigadagi so'nggi 5ta o'yinida kamida 3tadan gol kiritilgan

- "Real" LaLigadagi so'nggi 7ta uchrashuvning 6tasida g'alaba qozondi

- "Real" Ispaniya chempionatidagi oxirgi 7ta o'yinning 5tasida birinchi taymda g'olib bo'lgan va bahsni muvaffaqiyat bilan yakunlagan

- "Barselona" "Real"ga qarshi o'tkazgan mehmondagi so'nggi 6ta o'yinning 5tasida g'alaba qozongan


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia