So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  3 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  3 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  7 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

"Kassaga chiqmagan biletlar bor" yoxud "Bunyodkor" stadioni yonidagi chipta olib sotarlari bilan suhbatlar Yangiliklar

"Kassaga chiqmagan biletlar bor" yoxud "Bunyodkor" stadioni yonidagi chipta olib sotarlari bilan suhbatlar

Biroz avval reportaj tayyorlash maqsadida "Bunyodkor" stadioni kassasi yoniga bordik.

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan videolardan keyin bugungi holat ancha tartibga keltirilgani ko'rindi. CHiptaga navbatlar uzun, lekin xavfsizlik xodimlari odamlarni uch qismga bo'lishgan. Dastlabki qismda 100ga yaqin odam turibdi, u erdan 10 nafar odam o'tkaziladi va ikkinchi qismga o'tib borishadi. Bu erda 4ta yo'lak bor va taxminan 30-40 nafar odam turibdi. Nihoyat uchinchi qism chiptaxona oldida turibdi. Soat 13:05da borganimizda chiptaxonada chipta qolmagani 10 daqiqada kelishini malum qilishdi. Biroz kutdik va rostdan ham chipta sotila boshlandi. Balki shunchaki chipta sotuvchilari biroz xordiq chiqarib olishgandir, balki rostdan ham chipta qaerdandir olib kelingandir. Buni bizga qorong'u. Birinchi qismda turgan odamlardan biridan qancha vaqtdan beri bu erda turibsiz deganimda soat 10da kelganini aytdi. Uch soatda ikkinchi qismga kirishga yaqin kelib qolgan odam edi u. Yani chiptaga talab nihoyatda yuqori va havo juda issiq bo'lishiga qaramay odam juda ko'p. 

Agar kassadan chipta olmoqchi bo'lsangiz juda ham ko'p vaqtingiz ketadi va issiqda qolasiz. Tavsiyamiz soyabon olib oling.



"Bunyodkor" stadioni atrofida chipta sotayotgan odamlar bilan suhbatlar:

Birinchi odam
- Bilet bor, bilet.
- Qanchadan?

Oq qog'ozdagi yarmi yirtilgan biletni ko'rsatib: - 150 ming so'mdan.
- Bu iTicket danmi?

- Yo'q kassadan oldim.
- Kassada rangli bilet sotilmayaptimi? Bu oddiy qog'ozni olib 10ta kserokopiya qilib sotsam bo'ladi-ku? Birinchi o'zim kirib ketsam qolganlar kiromidi to'g'rimi?

- SHunaqa bo'ladi, lekin sal g'alatiroq bo'ladi-de!
- Siz 50 minglik biletni 150 ming so'mga bilet sotishiz g'alatimasmi?


Keyingi odam
- Biletlar bor...
- Aka qancha ekan bilet?

- 450 ming so'mdan.
- Uxx, bu SIP sektormi deyman?

- Xuddi o'sha joy.
- Nechta bor bunaqa biletdan?

- Nechta kerak? Bu biletlar kassa ko'rmagan biletlar (mag'rurlanib).
- Zo'r-ku aka, bizagayam o'rgating kassaga chiqmasdan bilet olishni. Qanaqqib olasiz shunaqa biletlarni?

- Endi bu nasiba uka, kassaga bilet kegan paytda ovosang-ovolding.
- Tushunarli.


Uchinchi odam
- CHipta oladiganlar bormi?
- Qanchadan?

- 100 mingdan.
- Qaysi sektor?

- Ikkinchi qavatdan, darvoza orti.
- Nechta bor, ko'proq kerak edi.

- Beshta ketma-ket joy bor olasizmi?
- Kassada bitta odamga 2tadan sotishvotti, qanaqqib ketma-ket 5ta joyni olasizlar, qoyil lekin.

- Sal sergaklanib, tag'in blogermasmisan? Telegramga chiqarvormisanmi?
- Yo'q aka, bloger emasman. Sizlarga formali akalarni kuchi etmayapti, blogerlarni kuchi etarmidi?
 



CHiptaxona yonidan sharhsiz videoni tomosha qiling




Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика