So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  6 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  4 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  37 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  33 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

"Kaspiy kubogi-2014". O'smirlarimiz Qozog'istonga 8ta gol urishdi Yangiliklar

"Kaspiy kubogi-2014". O'smirlarimiz Qozog'istonga 8ta gol urishdi

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 29 may, payshanba kuni Ozarbayjonga jo'nab ketgandi.
Temur Olimxo'jaev qo'l ostidagi jamoa ushbu mamlakatda 5 iyunga qadar davom etadigan Kaspiy Kubogi musobaqasida ishtirok etadi.

Musobaqada jami 12 terma jamoa ishtirok etib, ularning aksariyatini 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoalari tashkil etadi. Faqat O'zbekiston va Ozarbayjon terma jamoalari musobaqada 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar termasi bilan ishtirok etadi.

Kaspiy Kubogi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasining sentyabr oyida Tailandda tashkil etilishi kutilayotgan Osiyo chempionatiga tayyorgarligining bir qismidir. Ushbu musobaqa final bosqichi S guruhida Kuvayt, Nepal va KXDR o'smirlariga qarshi to'p suradi.

Kaspiy Kubogi-2014

D guruhi: Turkiya, O'zbekiston (U-16), Qozog'iston.

30 may.  20:00  

O'zbekiston - Qozog'iston  8:1
"Mehdi Husaynzoda" stadioni

6 daqiqada vakillarimiz uchrashuvda hisobni ochdi. Bir daqiqa o'tib hisob tenglashgan bo'lsa, 12, 17, 21-daqiqalarda hisobni vakillarimiz yiriklashtirib bormoqda. 28-daqiqaga kelib hisob yirik 5:1 ko'rinishiga kelmoqda.

Uchrashuvning birinchi bo'limi 5:1 hisobida vakillarimizning ustunligi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga start berildi. Bahsning har ikki bo'limi 40-daqiqadan iborat bo'lmoqda. 63-daqiqada vakillarimiz penaltidan aniq foydalanib hisobni 6:1 ko'rinishga keltirmoqda. 70-daqiqaqada yana bir gol va 7:1. 78-daqiqaga kelib 8:1 bo'ldi.

Guruhdagi o'yinlar:

29 may. Turkiya - Qozog'iston 3:1
30 may. O'zbekiston - Qozog'iston 8:1
1 iyun. Turkiya – O'zbekiston

Endi o'smirlarimiz 1 iyun kuni guruhning hal qiluvchi o'yinida Turkiyaga qarshi maydonga tushishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика