Kasminin: "AGMK oilasiga qaytganimdan xursandman"
26 iyu 2019 21:03
Yangiliklar


Kasminin: "AGMK oilasiga qaytganimdan xursandman"
AGMKga qaytgan Vladislav Kasminin klub matbuot xizmatiga jamoaga qaytgach taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
— AGMK oilasiga qaytganimdan xursandman. Olmaliqdan yoqimli xotiralar qolgan. O'zbekiston Kubogidagi muvaffaqiyat men uchun qadrli. Lekin bu bilan to'xtab qolish yaramaydi. Men AGMK bilan yanada ko'plab muvaffaqiyatlarga erishishni istayman. Jamoada o'zgarish kuzatilgan. Har tomonlama professionalizm sari qadam tashlanayotganini sezish mumkin. Murabbiylar shtabiga kuchli, katta tajribaga va obro'li shaxs kelgan. Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi mashg'ulotlar menga manzur kelmoqda. O'ylaymanki, har bir o'yinda g'alaba qozonish maqsadi bilan yondoshib, mavsum yakunida yaxshi natija qayd etamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar