Kasilyas shifoxonadan chiqdi: "Ko'pchilik meni o'zlariga kerakli deb his qilishganidan baxtiyorman"
06 may 2019 20:31
Yangiliklar


Kasilyas shifoxonadan chiqdi: "Ko'pchilik meni o'zlariga kerakli deb his qilishganidan baxtiyorman"
"Portu" posboni Iker Kasilyas yurak xuruji tufayli tushib qolgan kasalxonani tark etdi.
"Barchaga tashakkur bildiraman. Odamlar meni o'zlariga kerakli deb his qilishdi, bundan juda ham xursandman. Ko'plab odamlar shifoxonaga kelishdi. SHunday paytda yuzingizda tabassum uyg'onadi. Klinikada menga kateter qo'ygan shifokor Joau Karlush Nelsonga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ijtimoiy tarmoqlarda kelgan minglab tilaklar uchun rahmat aytaman.
Tiklanishim uchun bir necha hafta, balki oy kutishimizga to'g'ri keladi. Lekin, bir narsani bemalol ayta olaman. Kutganingiz uchun rahmat, tez orada ko'rishamiz", - deya Kasilyas xursandchiligini muxlislar bilan baham ko'rdi.
Avvalroq, Goal nashri Kasilyas futbolchilik faoliyatini davom ettirish ehtimoli juda kamligini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar