Kasilyas: "Ronaldu bo'lish oson emas"
31 jan 2015 17:47
Yangiliklar


Kasilyas: "Ronaldu bo'lish oson emas"
"Real" darvozaboni Iker Kasilyas "Qirollik klubi" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Kordova"ga qarshi uchrashuvdan so'ng ikki uchrashuvga chetlatilganiga izoh berdi.
"Krishtianu Ronaldu bo'lish oson emas. U doimo katta bosim ostida bo'lgan, Ronalduni millionlan nigohlar kuzatib turadi. Biz Krishtianuni qo'llashda davom etamiz. U o'z xatosi uchun ikki uchrashuvda maydonga tushmaydi" - deydi Kasilyas.

Fikrlar