Kasilyas “Real” tarkibida CHempionlar ligasi o'yinlarida ishtirok etish bo'yicha rekord o'rnatdi
06 noy 2013 12:34
Yangiliklar


Kasilyas “Real” tarkibida CHempionlar ligasi o'yinlarida ishtirok etish bo'yicha rekord o'rnatdi
“Real” klubi darvozaboni Iker Kasilyas, CHempionlar ligasi o'yinlari doirasida “Yuventus”ga qarshi o'yinda maydonga tushib, ushbu musobaqada 133 o'yinini o'tkazdi.
Bu natija darvozabonga CHempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha o'ziga xos rekordni qayd etishga va jamoaning afsonaviy hujumchisi Rauldan o'zib ketishga (132 ta o'yin) sababchi bo'ldi.
Kasilyas ushbu musobaqada 15 mavsumdan beri ishtirok etib keladi. Futbolchi CHL doirasidagi o'zining birichi o'yinini “Olimpiakos”ga qarshi o'tkazgan (3:3).

Fikrlar