Kasilyas: "Buffonga hasad qilardim"
15 apr 2023 18:43
Yangiliklar


Kasilyas: "Buffonga hasad qilardim"
"Real" sobiq darvozaboni Iker Kasilyas italiyalik darvozabon Janluiji Buffon yoshligida uning kumiri bo'lganini aytdi.
"Men 14-15 yoshda edim, Buffon esa 17-18 yoshda edi va u allaqachon o'ynardi. Men unga hasad qildim. Bizning faoliyatimiz juda o'xshash. Biz katta klublarda juda erta o'ynay boshlaganmiz. Ammo u o'ynashda davom etmoqda va bu uning katta xizmati. Men unga o'ziga yoqqancha o'ynashini tilayman", – dedi Kasilyas.
Futbolchi butun faoliyati davomida "Real" va "Portu" klublarida o'ynagan. U 2020 yilning 4 avgustida faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.
45 yoshli Buffon hozirda "Parma" futbolchisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar