So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  41 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Kasbidan rohat olayotgan Alimurod Mamadaminov 61 yoshda! Yangiliklar

Kasbidan rohat olayotgan Alimurod Mamadaminov 61 yoshda!

Bugun O'zbekiston fotografiya sohasida o'z “muhri” va o'rniga ega mutaxassis, hamkasblari orasida birinchilardan bo'lib o'zining sportga oid asarlari ko'rgazmasini namoyish etgan ustozimiz Alimurod Mamadaminov 61 yoshga to'ldilar.

Buyuk ustozlardan saboq olib, o'zi ham bugungi kunda ko'plab shogirdlarga o'z bilganlarini ulashib kelayotgan Alimurod aka kasbining ustazodasi. SHu paytgacha bu inson haqida hech kim salbiy fikr bildirmagan. SHundan ham Alimurod Mamadaminovga berilajak tariflar qanday ekanligini bilib olish mumkin.

Alimurod aka o'zbekistonlik foto muxbirlar orasida birinchilardan bo'lib faqat sportga oid suratlardan iborat ilk shaxsiy fotoko'rgazmasini keng ommaga namoyish etgan. O'sha ko'rgazmaga muallifning faoliyati davomida tarixga muhrlangan eng sara asarlari qo'yilgandi.

Alimurod Mamadaminov haqida uzoq gapirish, iliq fikrlarni bildirish mumkin. Barcha hamkasblari, do'stlari, shogirdlari nomidan bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Alimurod Mamadaminovni unutilmas sana bilan muborakbod etamiz. Farzandlar, nevaralar, shogirdlar baxtiga hamisha sog' va salomat bo'ling, Alimurod aka!


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика