Kasagrande: "Neymar? Biz mahluqni yaratyapmiz, u Messi va Ronaldu darajasida emas"
16 fev 2018 10:29
Yangiliklar


Kasagrande: "Neymar? Biz mahluqni yaratyapmiz, u Messi va Ronaldu darajasida emas"
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Valter Kasagrande milliy jamoa va PSJ hujumchisi Neymarni tanqid qildi.
Kasagrandega futbolchining "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvidagi o'zini tutishi yoqmadi. Mehmonda o'ynagan parijliklar 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.
"Menga ko'plab muxlis va OAV Neymarga qarsak chalayotgani havotirga solmoqda. "Real"ga qarshi bahsda u bir necha marta jamoasiga hurmatsizlik qildi. Jahon chempionatida ham u o'zini shunday tutsa, bu fojea bo'ladi. Endi u klubini o'zgartirish haqida aytishmoqda, chunki Neymar va Kavani o'rtasidagi munosabat yaxshi emas. Biz mahluqni yaratyapmiz, ammo muammo shundaki, bazilar uni daho deb o'ylashmoqda. Neymar Maradona, Messi va Ronaldu darajasidagi futbolchi emas, u har on o'yin taqdirini hal qila olmaydi" - deydi Kasagrande.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar