Karver mavsum oxiriga qadar "Nyukasl" bosh murabbiyi bo'ladi
27 jan 2015 11:47
Yangiliklar

Karver mavsum oxiriga qadar "Nyukasl" bosh murabbiyi bo'ladi
"Nyukasl" rahbariyati Jon Karver mavsum so'nggiga qadar klubda ishlashini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Karver Alan Pardyu "Kristal Pelas"ga o'tib ketganidan so'ng bosh murabbiyga aylangandi. "Hakkalar" Stiv Bryus, Stiv Maklaren, Tim SHervud va Remi Gard kabi murabbiylarga qiziqishgandi, ammo ularning hech biri bilan kelishuv amalga oshmadi.
BBC nashrining xabariga ko'ra, hozir "Nyukasl" rahbariyati yozga qadar bu lavozimni Karver egallab turishiga qaror qildi. SHunday qilib, Pardyuning sobiq yordamchisi 16ta o'yinda jamoa bosh murabbiyi lavozimini bajaruvchisi sifatida ishlaydi.
Ayni paytda Karver shogirdlari APLda 11-o'rinda bormoqda. Jon boshchiligida bir oydan ko'proq vaqt davomida "Nyukasl" bilan g'alaba qozona olgani yo'q.

Fikrlar