Karvaxal: "Real" meni odam qildi"
30 iyu 2021 20:38
Yangiliklar
Karvaxal: "Real" meni odam qildi"
Ispaniyalik futbolchi madridliklar bilan yangi shartnoma imzolagach, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Klubga minnatdorchilik bildirmoqchiman. "Real" kimligimni namoyon qildi. Bu klub meni odam qildi, futbolchi bo'lishimda hissa qo'shdi. Klubning bir parchasi bo'lish uchun oldinga qadam tashlashim kerak", — dedi Karvaxal.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik himoyachi klub bilan 2025 yilgacha yangi shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsumda u "Real Madrid" bilan chempionatning kumush medallarini qo'lga kiritdi.
Fikrlar