Karvaxal: "Luis Enrike kelishi bilan Ispaniya terma jamoasining o'yin uslubi o'zgarmaydi"
01 avg 2018 14:15
Yangiliklar
Karvaxal: "Luis Enrike kelishi bilan Ispaniya terma jamoasining o'yin uslubi o'zgarmaydi"
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniya terma jamoasiga Luis Enrike bosh murabbiy etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.
"Endi Luis Enrike uslubni o'zgartirish, yoki oldingidek qoldirish haqida o'ylashi kerak. Hozirgi futbolchilar bilan biror narsani o'zgartirish kerak emas. Bizga to'pga egalik qilish, pozicion hujumlar amalga oshirish yoqadi. Qarshi hujumlarda o'ynaydigan jamoa emasmiz. SHu sababli, uzoq yillar foyda keltirgan uslubda voz kechish kerak emas deb o'ylayman.
Albbata, hammaning o'z uslubi bor. Franciya boshqacha o'ynab chempion bo'ldi. Ammo biz Evropa va jahon chempionatida muvaffaqiyat keltirgan o'yin uslubida qolamiz.
Bunday turnirlarda biroz omad kerak. Rossiya bilan penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi, chunki bu lotereya edi. Agar keyingi bosqichga o'tganimizda, boshqa Ispaniyani ko'rgan bo'lar edingiz" - deydi Karvaxal.
Fikrlar