Karrasko: "Menga boshqa klublardan ham takliflar bo'lgandi"
09 dek 2020 18:47
Yangiliklar


Karrasko: "Menga boshqa klublardan ham takliflar bo'lgandi"
"Atletiko" vingeri Yannik-Ferreyra Karrasko Madrid klubiga qaytgunga qadar unda boshqa klublardan ham taklif bo'lganini aytdi.
"Men oldingi darajamga qaytish uchun ko'p ishlashim kerak edi, sababi darajam pasayganligini bilardim.
Menga boshqa klublardan ham takliflar bo'lgani haqiqat, ammo men uyim deb bilgan klubga qaytdim. Simeone - men uchun o'zgacha murabbiy. U doim o'yinchilaridan maksimum narsa talab qiladi. U bizning murabbiy ekanligidan juda ham mamnunman.
Mening eng yaxshi sifatim zarbadir, ammo biz futbolda asosiysi bu jamoaviy o'yin ekanligini bilamiz", - deydi Karrasko.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar