Karrasko La Ligaga qaytishi mumkin
14 dek 2019 18:50
Yangiliklar


Karrasko La Ligaga qaytishi mumkin
"Dalyan Ifan" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra Karrasko "Betis"ga o'tishi mumkin.
"Betis" qishki transferlar oynasidayoq belgiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi, chunki jamoa evrokuboklar uchun raqobatlashmoqchi.
Yannik Karrasko joriy mavsum Xitoy chempionatida 26ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 8ta as4:05 PM 12/14/2019sist qayd etgan.
Vinger uchun La Liga begona emas. U 2015-2018 yillar davomida "Atletiko" sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi "Dalyan Ifan" bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan. Futbolchi 2015 yildan buyon Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar