"Atletiko" 25 mln evro evaziga amerikalik o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqda
31 may 11:34
Yangiliklar


"Atletiko" 25 mln evro evaziga amerikalik o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqda
"Atletiko" "Betis" yarim himoyachisi Jonni Kardozo bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Madridliklar 23 yoshli AQSH terma jamoasi azosi uchun 25 million evro to'laydi. Ammo, futbolchi "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone istaganidek iyul oyiga qadar yangi jamoasiga qo'shilmaydi va klublar o'rtasidagi JCH-2025da ishtirok etmaydi.
Kardoso 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar