So’nggi yangiliklar

12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  3 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  10 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  17 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  2 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  21 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  5 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  1 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4

Konferenciyalar Ligasi finali uchun prevyu: "Chelsi" "Betis"ni yutib, tarixga kira oladimi? Yangiliklar

Konferenciyalar Ligasi finali uchun prevyu: "Chelsi" "Betis"ni yutib, tarixga kira oladimi?

Xalqaro arenadagi yana bir final.

Polshada Konferenciya Ligasi finalida nostabil, lekin pragmatik "Betis" hujumida muammolari bor, lekin ishtiyoqi o'ta yuqori "Chelsi" bilan ro'baro' keladi. 


"Betis"

1. "Betis"ga butun mavsum stabillik etishmadi, finishdagi 5 ta o'yinda umuman g'alaba yo'q
Mavsumning so'nggi qismi "Betis" uchun ayniqsa qiyin kechdi: jamoa so'nggi besh o'yinda biror marta g'alaba qozona olmadi — bitta mag'lubiyat (1:4 "Atletiko Madrid"dan) va to'rtta durang, jumladan, "Fiorentina"ga qarshi javob bahsidagi 2:2. Umuman olganda Manuel Pellegrini jamoasiga butun mavsumning kattagina qismida stabillik etishmadi, ammo kerakli pallalarda ular o'zlarida kuch topib, ijobiy natijaga erisha oldilar. Bu klubing Konferenciyalar Ligasidagi ishtirokiga ham taalluqli, qo'shimcha saralash bosqichida ishtirokini boshlagan ispan klubi yakunda finalchiga aylana oldi. Shunchaki tasavvur qilib ko'ring, juda uzoq va mashaqqatli yo'l.

2. "Betis" qator himoyachilari va asosiy golkiperi Vieytesdan mahrum bo'ldi
Konferenciyalar Ligasi finalidan oldin "Betis" bir qancha kadrlar muammosiga duch keldi. O'ng qanot himoyachisi Belerin va hujumchi Avila, markaziy himoyachi Lorente jamoaga yordam bera olmasligi aniq. Shu bilan birga golkiper Fran Vieytes va o'ng qanot vakili Yussuf Sabalining hamda tayanch zona vakili Jonni Kardosoning ishtiroklari ham juda katta so'roq ostida qolmoqda. Bu ro'yxatda ayniqsa Vieytesni alohida takidlash zarur, biroq Pellegrini qo'l ostida tajribali Adrian ham bor, u "Chelsi"ni 2019 yilda "Liverpul" safida UEFA Superkubogi uchun bahsdan yaxshi xotiralar bilan eslaydi.

3. Konferenciyalar Ligasi pley-off bosqichida "Betis" gol ursa, mag'lub bo'lmadi
Konferenciyalar Ligasi joriy mavsumida "Betis" ustunlikni saqlab qola olishi bilan ajralib turdi. Pley-off bosqichida Manuel Pellegrini shogirdlari birinchi bo'lib gol ursa, albatta ijobiy natijaga erisha oldi. "Betis" gol ura olmagan yagona uchrashuv "Gent"ga qarshi (0:1) qayd etildi. Guruh bosqichida ham "Betis" gol ursa, kamida durang o'ynaydi" qoidasi amal qildi. Bunda Chexiyaning "Mlada" jamoasiga qarshi o'yin istisno bo'ldi (1:2 mag'lubiyat).


"Chelsi"

1. "Chelsi" Angliyada mavsumni g'alaba bilan yakunladi va Konferenciyalar Ligasini ham shu ruhda yakunlashni niyat qilgan
"Chelsi" ikkita minimal hisobda (1:0) g'alaba bilan finishga etib bordi. "Manchester Yunayted" keyin esa "Nottingem Forest" va Chempionlar Ligasi zonasidagi joyini saqlab qoldi. Final oldidan londonliklarning kayfiyati jangovar: 12 uchrashuvda 1 mag'lubiyat — qolgan 11 ta bahsda "ko'klar" g'alaba qozonishdi. Shunday ekan mavsumni evrosovrin bilan yakunlash — asosiy maqsad.

2. "Chelsi" hujumida yo'qotishlar mavjud, ammo qolgan chiziqlarda vaziyat yomon emas
"Betis"ga qarshi markaziy himoyachi Uesli Fofana va hujumkor yarim himoyachi Omari Kelliman o'ynay olmasligi aniq. Yana ikki forvardning maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda — Kristofer Nkunku va Mark Giu. Etiborli jihati, "Nottingem" bilan o'yinda Enco Mareska tarkibda deyarli rotaciyaga qo'l urmadi. Farq faqatgina ikki poziciyada bo'lishi kutilmoqda: APLda diskvalifikaciya sabab ko'rinish bermagan Nikolas Jekson va ushbu musobaqada darvozani qo'riqlayotgan Yorgensen tarkibga kiritilsa kerak.

3. "Chelsi" oxirgi vaqtlardagi hujum bilan bog'liq muammosini hal qila oladimi?
Mavsumning so'nggi uchrashuvlarida "Chelsi" hujumlarni yakunlashda qiyinchilikka duch kelmoqda: oxirgi to'rt o'yinda 3 ta gol va ularning birortasida — bir bahsda 1 tadan ko'p gol ura olmadi. Vaholanki golli vaziyatlar yaratish darajasi (har o'yin o'rtacha 3 xG) tushgani yo'q, lekin vaziyatlardan foydalanish koefficienti ancha o'zgargan. Bunga diskvalifikaciyalar va jarohatlar ham tasir qilganini takidlash lozim. 

Inglizlar tajriba va umumiy olganda hozirgi sport formasi evaziga favoritdek, lekin uchrashuvda hisobni "Betis" ochib olsa, "aristokratlar"ga havas qilib bo'lmaydi. 


TerminaTor


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика