Karrager MYUga David De Xeaning transferi haqida o'ylashni taklif qildi
11 iyu 2020 11:07
Yangiliklar


Karrager MYUga David De Xeaning transferi haqida o'ylashni taklif qildi
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted"ni kelasi mavsumda o'z natijalarini oshirish imkoniyati bor deb hisoblaydi.
Karragerning fikriga ko'ra, u David De Xeaning darajasiga shubha qiladi.
"Yunayted" darvoza poziciyasi haqida o'ylashi kerak. De Xea anchadan buyon yomon formada. Uning 3 yoki 4 yil oldingi ajoyib darajasiga qaytadi deb o'ylamayman.
Uning yuqori maoshi vaziyatni murakkablashtiradi. Bunday qutulish qiyin. Din Xenderson hali tayyor emas deb hisoblayman. "Old Trafford"da "SHeffild"ga qaraganda boshqacha bosim bor", - deydi Karrager.
Oldinroq, MYU bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher De Xeani kelasi mavsum uchun ham asosiy darvozabon sifatida ko'rishini aytgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar