Karrager: “Liverpul”ning g'alabasi “Man Siti”ga psixologik zarba bo'ladi. Yanvardayoq ularni chempion qilib qo'yishgandi”
10 apr 2022 08:40
Yangiliklar


Karrager: “Liverpul”ning g'alabasi “Man Siti”ga psixologik zarba bo'ladi. Yanvardayoq ularni chempion qilib qo'yishgandi”
Jeymi Karrager bugun APL 32-turidan o'rin olgan markaziy bahs “Manchester Siti” – “Liverpul” o'yini oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Agar “Manchester Siti” g'alabaga erishsa, unda barchasi hal bo'ldi deb hisoblash mumkin. Agar buni “Liverpul” uddalasa, unday bo'lmaydi. CHempionat tugashiga 7 tur qolganda, 4 ochkolik farq katta tafovut hisoblanadi. “Liverpul” g'olib bo'lishi uchun “Man Siti” shunchaki g'alaba qozonishdan bosh tortishi lozim.
Agar “Liverpul” zafar quchsa, bu “Man Siti”ga psixologik zarba bo'ladi. 2 ochkoni yo'qqa chiqarish oson, ammo psixologik tomondan bu kuchli zarba bo'ladi, chunki yanvardayoq hamma “Siti”ning chempionligini taxmin qilgandi”, deydi Karrager.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar