Karrager: "Eriksen "Real" va "Barselona" tempida o'ynay olmaydi"
17 avg 2019 12:31
Yangiliklar


Karrager: "Eriksen "Real" va "Barselona" tempida o'ynay olmaydi"
Himoyachi Jeymi Karrager "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni tanqid qildi.
Karragar Eriksenni "Barselona" va "Real" klublarda o'ynash uchun saviyasi etmasligini takidlamoqda.
"Bazi futbolchilar klub va jamoadagi rolga tezda ko'nikib ketishadi. Menimcha, Eriksen aynan shunday futbolchi. Uning samaradorligi bu Pochettinoning harakatlari mahsulidir. Kristian "Barselona" va "Real" tempida o'ynay olmaydi.
Ha, Eriksen oy oxirigacha jamoadan ketsa, bu jamoaga tasirini o'tkazadi, ammo Keynning ketishichalik emas", - deydi Karrager.
Kristianning "Tottenxem" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Eriksen yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 17ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar