Karpin: "SHomurodov va Bayramyan o'yinga qo'shildi va biz maydonni qo'lga oldik"
01 noy 2019 11:33
Yangiliklar
Karpin: "SHomurodov va Bayramyan o'yinga qo'shildi va biz maydonni qo'lga oldik"
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya Kubogi 1/8 final doirasidagi "Spartak" (Moskva)ga qarshi o'yindan so'ng o'z jamoasini maqtadi.
- "Rostov"da asosiy tarkib deyarli o'ynamadi. Bu nima bilan bog'liq?
- Qisqa vaqtdan keyin "Krasnodar" bilan o'yin o'tkazamiz, shuning uchun shu tarkib bugun harakat qildi. Ko'plar esa o'yin amaliyotiga ega bo'ldi.
- Mag'lubiyat nima bilan bog'liq edi?
- CHunki raqib 2ta, biz esa 1ta gol urdik (zalda kulgu)
- Ikkinchi bo'lim o'rtalaridan sizning jamoangiz o'yinni boshqargani ajablanarli emasmi?
- Maydonga SHomurodov va Bayramyan tushdi, biz o'yinni o'zgartirdik va maydonda bitta jamoa ustunlik qildik. Nega bunday? SHunchaki bizning o'yinchilar ajoyib (kuladi).
Eslatib o'tamiz, "Spartak" va "Rostov" jamoalari o'rtasidagi o'yin 2:1 hisobida moskvaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
O’xshash yangiliklar
16:45
Siavash Haqnazari: "Bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q, o'zimizning aniq maqsadimiz bor" 3
13:13
Xitoydagi xalqaro o'rtoqlik o'yinlari uchun O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga kimlar chaqirildi? 2
Fikrlar