So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Karpin: "28 dekabr kuni SHomurodovning to'yi bo'ladi" Yangiliklar

Karpin: "28 dekabr kuni SHomurodovning to'yi bo'ladi"

O'zbekiston terma jamoasi va "Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov tez orada uylanadi.

Bu haqda Rostov klubi ustozi Valeriy Karpin "Match TV"dagi "8-16" ko'rsatuvida malum qildi. 

Boshlovchi: SHomurodov uzoq vaqtdan beri gol urmayapti. Uning o'yinida pasayish kuzatilyaptimi yoki bu vaziyatga bog'liq narsami?

Karpin: Uning o'yiniga, vaziyatlar soniga hech qanday etiroz yo'q. Vaziyat ko'p bo'lsa bo'lgandir, lekin kamaymadi. O'zim ham futbol o'ynaganman. O'sha davrlarda 6 oy gol ura olmaganman. Keyin raqib darvozasini ishg'ol qildim va navbatdagi 3ta bahsda ham o'z hisobimga gol yozdirib qo'ydim. Omad degan narsalar bor. Gol urgan paytlaringizdagidek o'ynaysiz, ammo gol urmaysiz. Bundan tashqari futbolga tasir ko'rsatuvchi tashqi omillar ham bor. Masalan, murabbiy o'zicha turli rejalar tuzib, hammaga rol ajratib beradi. Ammo o'sha o'yinchi xotini bilan urishib qolgan yoki farzandi kasal bo'ladi. Hammamiz odammiz. Futbolni insonlar o'ynaydi. SHomurodov 28 dekabr kuni uylanadi. U roppa-rosa 2 oy oldin kelin bilan tanishgan ekan. Bu tasir qiladimi yoki yo'q, bilmayman. Sobiq ittifoq davrida futbolchi uylansa, bir yil uning o'yinida pasayish kuzatilardi.


TAS-IX emas


Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика