Karlush Keyrush: "Qiyin, lekin biz Osiyo Kubogiga tayyormiz"
02 okt 2018 18:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/456288_original.jpg)
![](/upload/storage/456288_220.jpg)
Karlush Keyrush: "Qiyin, lekin biz Osiyo Kubogiga tayyormiz"
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Osiyo Kubogida g'oliblik uchun kurash qiyin bo'lishini aytib o'tdi.
Malumki, Eron birinchi bor Osiyo Kubogida 1976 yil zafar quchgan. Keyrushning aytishicha, yana g'alaba qozonish payti keldi.
"Bosh murabbiy sifatida mening ishim jamoani maqsad sari to'g'ri yo'naltirish. Biz navbatdagi Osiyo Kubogiga faqat g'oliblik uchun boramiz. Qiyin bo'ladi, lekin musobaqaga tayyormiz".
"Osiyo Kubogida favoritlar ko'p. Nomlar haqida gap ketganda men Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistonini alohida takidlagan bo'lardim", - deydi portugaliyalik murabbiy.
Eron terma jamoasi "D" guruhida Iroq, Vetnam va Yamanga qarshi bahs olib boradi. Forslar dastlabki uchrashuvni 7 yanvar kuni Yamanga qarshi o'tkazishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar