So’nggi yangiliklar

22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  0 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  206 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  7 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  2 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2 17:20Саудия Арабистонида спиртли ичимликлар: 2034 йилги ЖЧда сайёҳлар учун истисно бўлиши мумкин  10

Karlush Keyrush: "O'zbekistonga qarshi eng qiyin bahs Tehronda bo'lgan" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "O'zbekistonga qarshi eng qiyin bahs Tehronda bo'lgan"

Teglar :  Karlush KeyrushEron
O'zbekiston va Eron uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Karlush Keyrush ishtirok etdi.
"Ikkala jamoa uchun juda qiyin kechdi. Bugun biz g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdik. O'zbekiston asosan o'z yarim maydonida to'pni egallab turdi va to'pni hujum chizig'iga uzatib berishga urindi. Gol urdik g'alabaga erishdik", - deydi Keyrush.

- Azmun, Jahonbaxsh va Dejaga kabi futbolchilar nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushishmadi?
- Ular ilk daqiqadan o'ynashga tayyor edilar. SHunchaki taktik qaror edi. Azmun ham, Jahonbaxsh ham zaxiradan o'yinga tushib yaxshi harakat qilishdi.

- Eron himoyada ham, hujumda ham yaxshi o'ynadi. O'zbekiston esa aksincha, darvoza tomon bironta aniq zarba bera olmadi. Raqibdan bunchalik kuchsiz o'yin kutganmidingiz?
- O'zbekistonning bunday o'ynashida Eronning xissasi katta bo'ldi. Men Suriya va Qatar bilan o'yinlarni ko'rib O'zbekistonni o'rganib chiqqan edim. Bugun raqibga zarba berishga imkon bermadik va g'alabaga erishdik. Eron terma jamoasi futbolchilarini tabriklayman. SHu jumladan O'zbekiston terma jamoasiga ham rahmat aytaman. Ular ham muxlislarga g'alaba taqdim etishga urinishdi.

- Janob Keyrush, siz O'zbekistonni uch marta Eron bosh murabbiyi sifatida raqib bo'lgansiz. Qaysi o'yin siz uchun og'ir o'tgan?
- Eng qiyini Tehronda o'tgan bahs bo'lgan. O'sha o'yinda biz yutqazib qo'ygan edik. Bugungi g'alaba yoqimli, lekin saralash bahslaridagi olishimiz kerak bo'lgan 30 ochkoning atiga 3tasini oldik xolos. Hali oldinda o'yinlar ko'p. O'zbekiston hisobida ham 6 ochko bor. Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari Toshkentda bitta xato qilishsa O'zbekiston ularni jazolaydi. Bunga ishonaman.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика