So’nggi yangiliklar

11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?  0 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  6 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  25 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40

Karlush Keyrush: "O'zbekiston terma jamoasida ish boshlashim mumkinmidi? Buni izohsiz qoldiraman" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "O'zbekiston terma jamoasida ish boshlashim mumkinmidi? Buni izohsiz qoldiraman"

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush saytimiz uchun alohida intervyu berishga rozi bo'ldi.

Faqat vaqti kamligi bois 10 daqiqacha ajrata olishini aytdi. Natijada biz ham imkoniyatni boy bermay tezda savollarga o'tdik.

- Jahon chempionatidan so'ng hayotingizda nima o'zgardi?
- Katta o'zgarish bo'lgani yo'q. Men har doim yaxshi murabbiy bo'lishni xohlaganman. Jahon chempionatidan oldinmi yo keyinmi buning farqi yo'q. Men oxirgi yillarda faqat eng yaxshi murabbiy bo'lishga harakat qilyapman. 

- Eron garchi jahon chempionatida guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, musobaqada yaxshi ishtirok etdi. Muvaffaqiyatning asosiy siri nimada?
- Oddiy qilib aytganda, qattiq mehnat va to'g'ri ishlashda. Biz vaqtdan unumli foydalandik va deyarli har kuni dam olishsiz mashg'ulot o'tkazdik. 

- Jahon chempionatidan oldin qanday xayolda edingiz?
- Ko'pchilik bizga ishonmagandi. CHunki mundial paytida odamlarning xayoli boshqa jamoalarda bo'ladi. Lekin biz  ishlashda davom etdik. Kishini xursand qilgan jihati, jahon chempionati biz uchun muvaffaqiyatli kechdi va endi bemalol Osiyo Kubogi haqida o'ylasak bo'ladi. 

- JCHdan oldin natija qanday bo'lishidan qatiy nazar Eronni tark etaman degandingiz.
- Yo'q, men bunday demaganman. Balki jurnalistlarning o'zi to'qib yozgan bo'lishlari mumkin. 

- Osiyo Kubogi-2019da g'olib chiqish asosiy maqsadingizmi?
- Ha. Biz bu musobaqaga faqat g'alaba uchun boramiz. Eron oldida bundan boshqa yo'l yo'q. 

- Qishda O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati bilan uchrashganmisiz?
- Bu savolni izohsiz qoldiraman. 

- O'zbekiston terma jamoasini boshqarish bo'yicha rasmiy taklif bo'lganmi?
- Matbuot anjumanida aytib o'tganimdek, bu kabi savollarni ochiq qoldiraman. 

- Mayli, boshqa savolga o'tamiz. SHu paytgacha O'zbekistonga qarshi oltita o'yin o'tkazgansiz. SHundan to'rttasi rasmiy va ikkita o'rtoqlik. Qaysi uchrashuv ko'proq yodingizda qolgan?
- Menda O'zbekiston bilan har doim iliq xotiralar qolgan. Lekin eng katta darsni 2012 yil Tehronda bo'lib o'tgan o'yindan olganman. O'shanda biz 0:1 hisobida yutqazib qo'ygandik.

- Qaysi g'alabani ko'proq eslab turasiz?
- Barchasini. CHunki g'alaba kishiga zavq bag'ishlaydi, muxlislar ham xursand bo'ladi. 

- Eronning navbatdagi raqibi O'zbekiston terma jamoasi deyilganda xayolingizga nimalar keladi?
- Men xoh O'zbekiston, xoh boshqa jamoa bo'lsin raqib deganda faqat rasmiy o'yinlarni tushunaman. Qolgan payt bizlar o'rtoqlarmiz. Toshkentga ham raqib sifatida emas, balki o'rtoqlik uchrashuvi o'ynash uchun kelganmiz.

- O'zbekistonda qaysi futbolchilarni alohida ko'rsa olasiz?
- Sizlarda yaxshi futbolchilar ko'p. Masalan, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Sardor Rashidov... Terma jamoangizga qarshi o'ynash oson emas. O'zbekiston - Osiyoda men eng yaxshi ko'rgan jamoalardan biri.

- Terma jamoamizga qanday tarif bergan bo'lardingiz?
- Birinchi navbatda jiddiy va hurmatga sazovor raqib. CHunki sizlarda yaxshi o'yinchilar bor, shuningdek jamoa futbol o'ynashni biladi. O'zbekistonni tartibli futbol o'ynaydigan jamoa deb hisoblayman.

- Hayotda va futbolda siz uchun eng muhim narsa nima?
- Hurmat. Nima ish qilishingdan qatiy nazar hammani hurmat qilishing kerak.

- Nima deb o'ylaysiz, Sardor Azmun Osiyo Kubogiga qadar terma jamoaga qaytadimi?
- Ishonchim komilki, agar o'sha paytgacha terma jamoa bosh murabbiyi bo'lsam, Azmun albatta qaytadi. Men uni qaytarish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. 

- 2012 yil Toshkentda bo'lib o'tgan O'zbekiston - Eron uchrashuvi yodingizdami? O'shanda jamoangiz 90+4-daqiqada gol urib yutib ketgandi. Yaponiyalik hakam bizning golimizni hisoblamagandi.
- Ko'p o'yinlar doim esimda qoladi. Men hatto kichik epizodlargacha eslashga harakat qilaman. 

- O'sha o'yinda terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan biroz tortishib qolgandingiz.
- O'yin payti hamma narsa bo'lishi mumkin. Lekin men har doim o'z hamkasblarimni hurmat qilaman. Futbolda ikkala jamoa ham yutish uchun o'ynaydi. Biz faqat o'yin payti raqiblarmiz, bahs yakuniga etgach yana do'st bo'lib qolaveramiz. 

- Oxirgi savol. Bu yilgi jahon chempionatida tarixda birinchi marta Osiyodan beshta jamoa qatnashdi. Lekin faqat Yaponiya guruhdan chiqa oldi. Osiyoda futbol sekin o'syaptimi?
- Buni bir so'z bilan harakatsizlik, yani bir joyda turib qolish degan bo'lardim. Osiyoda futbol na ko'tarilyapti, na pastga tushyapti. Biz doim bir xil xatolarni takrorlash biland bandmiz. Evropa ancha yuqorilab ketdi, lekin Osiyo bilan Afrika futboli hamon uyquda.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика