So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Karlush Keyrush Kamerun terma jamoasini boshqaradimi? Yangiliklar

Karlush Keyrush Kamerun terma jamoasini boshqaradimi?

Teglar :  EronKarlush Keyrush
Eron saytlaridan biri "Tehrantimes.com"ning xabar berishicha, portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrushga Kamerundan jiddiy qiziqish bo'lmoqda.

Malumki, Keyrush hozirda Eron milliy terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Uning shartnomasi mundial tugaganidan so'ng yakuniga etadi. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Eronni Osiyo Kubogi-2019  musobaqasida ham boshqarishi mumkin, bu borada federaciya muzokara o'tkazishni xohlamoqda degan xabar chiqqandi.

Lekin hozircha bu haqda aniq gap-so'z yo'q. Keyrush esa bor etiborini jahon chempionatiga qaratishini malum qilgan. "Tehrantimes.com" bugun shunday xabar tarqatdi: "Kamerun futbol federaciyasi Karlush Keyrushga jiddiy qiziqish bildirdi. Eronni yana jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiyga avvalroq O'zbekiston tomonidan ham taklif bo'lgandi". 

"Kamerun shuningdek, Franciya terma jamoasi sobiq murabbiyi Raymon Domenek, germaniyalik afsonaviy futbolchi Lotar Matteusga ham qiziqyapti. Malumki, Keyrush 2011 yilning 4 aprelidan beri Eron termasini boshqarib kelmoqda va u ko'rsatayotgan natijalar tahsinga loyiq".

Kamerunliklar taqdim etgan ro'yxatda Rigober Song, Alan Jiress kabi nomlar ham bor. Ko'ramiz, jahon chempionati yakuniga etganidan so'ng Karlush Keyrush nima qilarkin. U Eronda qoladimi, O'zbekistonga keladimi, Kamerunga yo'l oladimi yoki umuman Evropaga qaytib ketadimi?

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика