So’nggi yangiliklar

21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  37 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4

Karlush Keyrush: "Eronlik mahalliy futbolchilar JCH darajasida emas" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "Eronlik mahalliy futbolchilar JCH darajasida emas"

Teglar :  EronKarlush Keyrush
JCH-2018ga tayyorgarlik ko'rayotgan Eron terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida Jazoirni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

O'yindan keyin matbuotga intervyu berar ekan, forslar bosh murabbiyi Karlush Keyrush terma jamoaning mahalliy futbolchilari jahon chempionati darajasidan hali uzoq ekanini gapirdi.

- "Tunis va Jazoirga qarshi bahslar shuni ko'rsatdiki, biz jahon chempionati darajasidan uzoq ekanmiz. Garchi Jazoirni mag'lub etgan bo'lsak-da, men bu gapni qo'rqmay ayta olaman va bu narsa sizni hayron qoldirishi mumkin. Ehtimol bu gaplarim bazilarga yoqmas, lekin baribir haqiqatni aytishim kerak".

- "Oldimizda 40 kun bor, mana shu vaqt ichida o'yinchilarni yuqori darajaga chiqara olmasak, bizga juda qiyin bo'ladi. Qarorni bugun chiqarish kerak, ertaga esa kech bo'ladi. Eronda o'ynayotgan mahalliy futbolchilar uchun milliy chempionat, Kubok bahslari, hatto Osiyo chempionlar ligasi o'yinlari ham etarli bo'lmayapti. Kim mana shu o'yinlar orqali biz jahon chempionatiga tayyormiz deb o'ylasa adashadi".

- "Hozirgi terma jamoaning 50 foizi Eronda o'ynayapti. SHu o'rin men hammaga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman: bizga nima kerak -  milliy chempionatmi yoki jahon chempionatimi? Guruhimiz juda jiddiy ekanini hamma biladi. Axir mundialga borgandan keyin Marokash, Ispaniya va Portugaliya bilan raqs tushmaymiz-ku".

- "Bizga tezkor, baquvvat, raqib bilan elkama elka to'qnash kelganda yiqilmaydigan o'yinchilar kerak. Hali ko'rasizlar, Portugaliya bilan o'yinda bizning himoyachilar Krishtianu Ronalduga qarshi havodan kelayotgan to'plar uchun o'n martalab sakrashadi. SHunda kim yutadi? Agar sen raqibdan kuchli ekaningni his qilmasang, bunday turnirlarda g'alabaga erisha olmaysan", - deya o'z fikrini bildirdi portugaliyalik mutaxassis.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика