Karlush Keyrush: Bizga o'yindan tashqari holatdan gol urilsa, VAR ishlamaydi, agarda biz gol urib qolsak, u ishlaydi

21 iyun 2018, 07:35
Eron termasi bosh murabbiyi Ispaniya bilan o'yindan so'ng o'z fiklari bilan o'rtoqlashdi.

“Men futbolchilarimni tabriklamoqchiman. Ular musobaqa g'olibligiga asosiy da'vogarlardan biriga qarshi haqiqiy jangchilarga xos ruhda o'yin ko'rsatdi. Bizda tennisda bo'lgani kabi so'nggi ochkoga o'ynash qoldi, xolos. Biz oxiridan birinchi setni o'ynab bo'ldik, oxirigisi esa Portugaliyaga qarshi, bizninig orzuyimiz hamon yashamoqda. Bizga o'yindan tashqari holatdan gol urilsa, VAR ishlamaydi, agarda biz gol urib qolsak, u ishlaydi”,-dedi Keyrush.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24.ua