Karlos Teves: “Argentinada jamoa borligiga ishonaman”
24 iyu 2015 00:11
Yangiliklar
Karlos Teves: “Argentinada jamoa borligiga ishonaman”
- “Millat futbolchisi” degan laqab sizni to'ydirib yubormadimi?
- Yo'q, futbol laqabdan ko'ra ko'proq charchatdi.
- Nima uchun futboldan charchadingiz?
- Futbolda bunday ko'p o'ynash jonga tegadi. Tanaffussiz o'ynashga to'g'ri kelganda to'ydirib yuboradi.
- Nima sababli bazi gollaringizni futbolka ostidan kiyilgan libosni ko'rsatgan holda nishonlaysiz? Unda Argentinaning kambag'al dahalari nomlari bitilgan.
- CHunki ular mening odamlarim. Ular haqida unutib qo'yishim mumkin emas. O'sha odamlar barchadan kamroq yordam olishadi va vazifam ularni sal bo'lsa-da, xursand qila olish.
- Sizga o'z hududingizda o'ynash ko'proq yoqadimi yoki yuqori saviyada?
- Yuqori saviyadan ko'ra, o'z hududimdagi yigitlar bilan o'ynashdan ko'proq zavq olaman.
- Argentina terma jamoasi siz uchun nimani bildiradi?
- Bu klub safida qilayotgan xizmatlaring uchun mukofotdir. O'ylaymanki, bundan xursand bo'lish kerak.
- Terma jamoa futbolchisi bo'lish qulaymi yoki aksincha?
- Hozir qulay. Ayni paytda bu menga ko'proq zavq olib kelyapti.
- Avval zavq olishga nima xalal bergandi?
- Terma jamoada uzoq vaqt bo'lib kelganingda senga yoqmaydigan ko'plab narsalarni ko'rasan. Lekin terma jamoadan 4 yil chetda yursang uning futbolchi uchun hamma narsa ekanini tushunib etasan.
- Nimalarni sog'indingiz?
- Kiyinish xonasini. Yigitlarni. Muhitni ham sog'indim.
- Ushbu Amerika Kubogi 2011 yilgi musobaqa uchun revansh bo'la oladimi?
- Buni revansh deb atashni istamayman. Lekin ushbu musobaqada asosiy yuz bo'lishimizga qo'shilaman.
- Siz terma jamoa va undan tashqarida bo'lgansiz. Argentinada odamlar terma jamoani yoqtirishadimi?
- Unda boshqa odamlardan so'rashingiz lozim, mendan emas.
- Argentinaliklar Messini yoqtiradimi?
- Uni yoqtirishlariga ishonaman. CHunki u argentinalik va jahondagi eng kuchli futbolchi.
- Uni zarur bo'lgandek qadrlashadimi?
- Messini yoqtirmaydiganlar futbolni tushunmaydi. Uning xayolidan nima o'tayotganini tasavvur qilolmayman.
- 2011 yil Amerika Kubogidagi Teves va hozirgisining o'rtasida qanday farq bor?
- 8 kilogramm. O'ylaymanki, men jismonan yaxshiroq holatdaman. Ruhiy va futbol taraflama ham yaxshiroqman. Oldingiga qaraganda kuchliroq odamga aylandim.
- Futbolda sizga haligacha nima yoqadi?
- Intilish, muxlislar va uni o'rab turgan hamma narsa. Avval bularni rad etardim, endi barchasidan rohatlanyapman.
- Serxio Aguero Argentina terma jamoasining hozirgi avlodi hech narsa yuta olmasa, umrining oxirigacha bundan afsuslanib o'tishini aytdi. Bunga qo'shilasizmi?
- Ha. Bu avlod uzoq vaqt mobaynida birga bo'lib keldi. Avvalgidek bahona qila olmaymiz. Turli avlod vakillari bir-birini yaxshi bilmasligini aytolmaymiz. Bu jamoa 20 yoshdan musobaqalarda zafar quchdi. O'ylaymanki, u nimanidir yutishga arziydi.
- Nimaning evaziga Argentina terma jamoasi Amerika Kubogida g'alaba qozonishi mumkin?
- Argentinada jamoa borligiga ishonaman. O'tgan yili jamoa jahon chempionati finalida o'ynadi. Menga Martinoning g'oyalari yoqadi. U hujumni xush ko'radi, bu esa hozirgi jamoa uchun juda muhim. Argentina terma jamoasi hamisha hujum qilishi lozim. Ayniqsa, hozirgi tarkibdagi futbolchilarni hisobga olgan holda.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar