Karlo Anchelotti:“Kroos - afsona. U faoliyatini Madridda yakunlaydi deb umid qilaman”
18 apr 2023 10:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/747976_original.jpg)
![](/upload/storage/747976_220.jpg)
Karlo Anchelotti:“Kroos - afsona. U faoliyatini Madridda yakunlaydi deb umid qilaman”
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa yarim himoyachisi Toni Kroos haqida fikr bildirdi.
“Kroos afsona. U jismonan va ruhiy ajoyib sport formasida. Toni faoliyatini Madridda yakunlaydi deb umid qilaman va ishonaman. U ham buni istaydi deb o'ylayman”,-dedi Karlo.
Toni Kroos ushbu mavsum «Real»ning jami 41 ta rasmiy o'yinidan 35 tasida maydonda harakatlandi va La Ligada 2 ta golga mualliflik qildi. Uning bu yildagi umumiy assistlari soni 5 taga etdi.
Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar