Karlo Anchelotti: "Omad tufayli yarim finalga yo'l oldik"
09 apr 2014 03:01
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: "Omad tufayli yarim finalga yo'l oldik"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Borussiya D" bilan o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Biz xursandamiz yarim finalga yo'l olganimizdan. Lekin bizni o'yin sifati umuman qoniqtirmadi. "Borussiya D" jamoasida ko'plab imkoniyatlar yuzaga kelgandi ikki o'yinlik hisobni tenglashtirish uchun. Ikkinchi bo'limda nisbatan yaxshiroq harakat qildik. Bu futbol. Biz juda ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik va raqibga o'zimiz vaziyatlar yaratib berdik. Ishonchsiz o'ynadik. Iker Kasilyas g'ayri-tabiiy "seyv"larni amalga oshirdi. Faqatgina Iker yaxshi o'ynadi bizning tarkibimizdan. Bu musoboqaning ushbu bosqichida hech kimga oson bo'lmaydi. Biz omad tufayli yarim finalga yo'l oldik.

Fikrlar