Karlo Anchelotti: "Menimcha jamoa o'yini muhlislarga yoqdi"
17 sen 2014 08:34
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: "Menimcha jamoa o'yini muhlislarga yoqdi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti CHempionlar Ligasi doirasida "Bazel" tor-mor etilgandan so'ng (5:1), o'zfikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz uchun oson uchrashuv bo'ldi. Dastlabki 30 daqiqada biz yuqori tempda harakat qildik va erta pressing qo'lladik, tezkor hujumlarni amalga oshirdik. Bir nechta gol urib olgach, o'yin tizginini ushlab turdik.
O'ylaymanki, muhlislarga o'yinimiz yoqdi. Jamoa chiroyli o'yin ko'rsatdi va yirik g'alabaga erishdi. Men tomoshabinlar hushtak chalganini eshitmayman, lekin ular "Qanday qilib sizlarni yaxshi ko'rmaslik mumkin", deya qo'shiq kuylasa, albatta eshitaman. Barchamiz yaxshi narsalarga etibor berishimiz va vaziyatning yaxshi tarafini qidirishimiz zarur.
Albatta, biz hali barcha muammolarni hal etmadik. Lekin jamoaning o'yinga bo'lgan munosabati meni xursand etdi", – takidladi Anchelotti.

Fikrlar