Karlo Anchelotti: "Bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi"
10 mar 2014 12:51
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: "Bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Levante" ustidan qozonilgan (3:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqada yaxshi ketayapmiz, bo'shashmaslik kerak. Bugun juda yaxshi va tezkor harakat qildik. Futbolchilarning harakatlaridan qoniqdim. Bundan ham gol urishimiz mumkin edi, ammo "Levante" posboni yaxshi o'ynadi. Endi bor etiborimiz keyingi o'yinga qaratiladi", deydi Anchelotti klub rasmiy saytiga.

Fikrlar