Karlo Anchelotti: Barcha futbolchilar Atletikoga qarshi o'yinga tayyor

Narzulla Saydullayev
12 apr 2015, 08:32
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Eybarga qarshi o'yindan so'ng jamoaning barcha futbolchilari YCHL 1/4 finali doirasidagi Atletikoga qarshi bahsga tayyor ekanini ma'lum qildi.
Seshanba kuni barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor bo'lishadi. Bugun maydonga tushganlar o'zlarini ko'rsata olishdi. Chicharito va Xese gol urishdi. Biz mehnat qildik va bu samara keltirdi.

Pepening sog'ligi bilan muammo yo'q, seshanba kuni o'ynaydi. Xames va Isko ham maydonga tusha oladi.

Ronaldu chorshanba kungi o'yindan so'ng tez tiklana olgani uchun uni almashtirmadim.

Shu bois ko'proq charchagan Ramos, Marselo va Modrichni almashtirishga qaror qildim, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru