Karlo Anchelotti: "Atletiko" bilan o'yinga barcha futbolchilar tayyor"
10 fev 2014 19:50
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: "Atletiko" bilan o'yinga barcha futbolchilar tayyor"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi "Atletiko"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan barcha futbolchilar salomat ekani va maydonga tushishga tayyorligini takidladi.
"Atletiko"ga qarshi o'yin - derbi. Bunday o'yinlar esa har doim katta bosimli va qiziqarli bo'ladi. Birinchi o'yindagidek chog'lanish bilan maydonga chiqishimiz kerak. SHunda duch kelishimiz mumkin bo'lgan muammolarni oldini olamiz. Hisob bo'yicha birinchi o'yindan keyin ustunlikka ega ekanimizni unutishimiz kerak.
Tarkib borasida hali aniq bir qarorga kelmadim. Marselo va Koentrau maydonga chiqishga tayyor. Varan maydonga tushadi. Serxio Ramos yoki Pepe dam olishadi.
Krishtinu Ronaldu o'ynaydi. Unga nafaqat eng muhim balki istalgan uchrashuvda maydonga tushish yoqadi", dedi Anchelotti.
Fikrlar