Karlo Anchelotti: “Arbeloa gol urib, o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi”
28 noy 2013 12:34
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: “Arbeloa gol urib, o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi”
CHempionlar ligasi dorasida “Galatasaroy” klubi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1), “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, ushbu bahsda himoyachi Alvaro Arbeloa yaxshi o'yin ko'rsatganini takidladi.
“Serxio Ramos maydondan chetlatilgandan so'ng, o'yinimizda qiyinchiliklar paydo bo'la boshladi, ammo o'n kishi qolib ham munosib o'yin ko'rsata oldik. Ikkinchi bo'limda biz taktikani o'zgartirdik va o'z darvozamizga yaqinroq joyda o'ynay boshladik. Xabi Alonso maydonga tushganida esa o'zimni erkinroq his eta boshladim. Arbeloa gol urib, o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi”, - murabbiyning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Fikrlar