Karles Puyol: "Bernabeu"dagi yarim final to'pini uyda saqlayman"
05 okt 2015 01:35
Yangiliklar
Karles Puyol: "Bernabeu"dagi yarim final to'pini uyda saqlayman"
O'sha intervyuni etiboringizga havola qilamiz.
- CHempionlar ligasida qancha uchrashuvda ishtirok etganingizni bilasizmi?
- Yo'q, faqat “Barselona” uchun o'tkazgan o'yinlarim sonini aniq bilaman. Lekin CHempionlar ligasidagi bellashuvlar sonini bilmayman. Qancha ekan?
- 120 uchrashuv. Necha gol urganingizni bilasizmi?
- Bir yoki ikki, shundaymi? Aniq eslay olmayman.
- Buni yomon xotira tufayli eslay olmaysizmi yoki o'zingizni o'ta yaxshi ko'rishdan uzoq bo'lganingiz uchunmi?
- Xotiram juda ajoyib emasligini tan olaman. Gol urish majburiyatimga kirmagan, shuning uchun necha gol urishim meni xavotirga solmagan. Bir safar jarima zarbasidan keyin gol urganimni eslayman. To'p jarima maydonida edi va bir qator tegishlardan so'ng menga kelib tushgan, oyog'imda zarba berganman. Ikkinchisini esa burchak zarbasidan so'ng urgandim, adashmasam. Asosiy vazifam himoya ekanligini hamisha bilganman.
- Faoliyatingizda yuzlab hujumchilarga qarshilik qilgansiz. Fikringizcha, kimni ushlash siz uchun eng qiyin bo'lgan?
- Drogba. Uni yopib qo'yish juda qiyin. U har tarafdan kuchli, jismonan yaxshi, ustunlikka ega bo'lish uchun himoyachilar bilan kurashga doim kirishadi. Uning jismoniy jihatlari shunday ediki, bu borada Didega qarshisida ojiz edim. SHu sababli poziciyani ehtiyotkor va to'g'ri tanlashim muhim edi. Unga o'zi istagan kurashga kirishishga imkoniyat bermasligim zarur bo'lgan.
- Himoyada har bir vaziyatda oxirigacha o'ynash odatingiz bizga “Lokomotiv” bilan bellashuvda to'pni elkangiz bilan maydon tashqarisiga chiqarib yuborishingizni taqdim etgandi. O'sha holatni eslaysizmi?
- Ha, uni eslayman. Odamlar tez-tez bu to'g'rida eslatib turishadi. Yana uni internet orqali tomosha qilish mumkin. O'z ishimni uddalab, katta zavq olganman. Menga himoyada o'ynash yoqadi. Futbol ko'plab xotira va xotiralarni qoldirgan. Albatta, faqat g'alaba qozonish va xursandchilik emas, balki yutqazganimizda yoqimsiz xotiralar ham taqdim etgan. Xotiramda do'stlar bilan va jamoadoshlarim bilan kiyinish xonasida o'tkazilgan vaqt ham mavjud.
- Debyutingizni eslaysizmi? O'shanda orzungiz amalga oshganmi?
- Ha, o'shanda AIKga qarshi o'ynagandik. Biz 5:0 hisobida yutganmiz. O'sha kuni ko'plab yosh futbolchilar o'ynagandi. Gabri gol urgan. Oruzlarim birin-ketin ro'yobga chiqqan. La-Pobla-De-Segurlik “Barsa”da o'ynashni istaydigan oddiygina yigit edim. Bunga etishganimda asosiy tarkibdan o'rin olishga harakat qilganman. Maydonda ko'proq vaqt o'tkazishga tushib, o'zimni qahramondek his qilganman. Ortga boqib, jamoamda 15 yil mashq qilib, o'ynaganimdan va erishish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritganimdan xursandman. Tug'ilganimdan boshlab “Barsa”chi edim va erishgan narsalarim qanday huzur bag'ishlashini o'zingiz tasavvur qilib ko'rishingiz mumkin.
- CHempionlar ligasining Ispaniya La Ligasidan qanday farqi bor?
- Birinchidan, vaqt, o'yinlar qulay vaqtda o'ynaladi. Maydonga musiqa ostida chiqib kelish go'zallik qo'shadi. Ushbu turnirda barcha o'ynashni xohlaydi. CHunki tarixda unda faqat chempionlar ishtirok etishgan. To'g'ri, hozir qoidalar o'zgargan. Har qanday holatda unda eng yaxshi jamoalar va jahonning eng kuchli futbolchilari harakat qilishadi. Tayyorgarlik ham boshqacha kechadi. O'yinga bir kun qolganda kelasiz, mashg'ulot raqib maydonida o'tadi. Agar uyda o'ynasangiz, unda tunni mehmonxonada o'tkazasiz.
- Bu turnirdagi 120 o'yindan birortasini ajratib ko'rsata olasizmi?
- Ehtimol, biror finalni. Lekin “Bernabeu”da 2:0 hisobida zafar quchganimiz umuman boshqacha bo'lgan. Bunga ko'p sabab bor: o'yin oxirida nimalar yuz bergani, qanday o'ynaganimiz, muhit va har ikki uchrashuvni jarohat bilan o'tkazganim. O'sha o'yindan to'pni uyimda saqlab qo'yganman. Tizzam juda yomon holatda edi. O'sha vaqtda mazkur bellashuvlar uchun yashagandim. O'yingacha va undan keyin maxsus saunada bo'lardim. “Uembli”da finalda ajoyib o'yin ko'rsatgandik. Menimcha, “Yunayted”ga qarshi o'yindan ko'ra yaxshiroq harakat qilishimiz qiyin bo'lsa kerak.
- Uch finaldan eng esda qolarlisi Londonda bo'lganmi?
- Yo'q, Parijda. Birinchi finalim edi va otam o'sha erda bo'lgandi. U kelib kuzatgan yagona uchrashuv aynan Parijdagi uchrashuv bo'lgandi. O'sha kuni ham yana bir orzum amalga oshgan.
- Sizni asosiy jamoaga o'tkazishganda “Barsa” hisobida 1992 yil qo'lga kiritilgan yagona CHempionlar ligasi g'olibligi bor edi. Klubga o'tgan Patrik Klyuyvert boshqa sovrinlar qaerda ekanligini so'ragandi.
- Bu men uchun ham g'alati edi. CHunki “Barsa” uchun ko'plab yaxshi futbolchilar o'ynagan. G'alaba esa 1992 yilgacha umuman bo'lmagan. Bu to'g'ri holat emasdi.
- Sizning avlodingizdagi o'yinchilar tarixni o'zgartirdi deb o'ylaysizmi?
- SHunday. Faxrlanishning asosiy sababi mana shu. Umid qilamanki, tez orada bizda yanada ko'proq sovrinlar bo'ladi. Hozirgi jamoa bunga qodir. Hozir jamoa qanday ekanligi juda muhim. CHempionlar ligasini yutish qiyin, bunda ko'p narsa mayda jihatlar va omadga bog'liq. “Stemford Brij”da Inesta gol urgan o'yinni eslang. O'shanda “CHelsi” yaxshiroq o'ynagan, biz zafar quchgandik. Keyingi safar buning aksi bo'lgandi. Biz g'alaba munosib bo'lgan holda ular finalga chiqishgandi.
- “Barselona”ning CHempionlar ligasi tarixida Messigacha va undan keyingi alohida bo'lim bormi?
- Ha, farqi shundaki hozir jamoada tarixdagi eng yaxshi futbolchilar bor. U o'yin taqdirini hal etishi mumkin, lekin atrofida ham eng yaxshi o'yinchilar harakat qilmoqda. Messi buni yaxshi biladi. Unda akademiyadagi yoshlarga imkoniyat bergan murabbiy bor edi va jamoaning asosi o'sha g'oya asosida shakllangandi. Hozir jamoa umuman boshqacha. CHempionlar ligasidagi g'alabamiz “Barselona”da voyaga etgan futbolchilar o'yin uslubi, g'oya va falsafasiga asoslangandi. O'sha tarkibda bunday o'yinchilar soni 8 nafar edi. G'alabalarga qanday va kimlar bilan erishganimiz yanada muhimroq.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar