Karimberdi Mamadaliev: "Yozyovon"ni Pro-Ligada saqlab qolish uchun astoydil harakat qilamiz"
04 noy 2018 20:34
Yangiliklar
Karimberdi Mamadaliev: "Yozyovon"ni Pro-Ligada saqlab qolish uchun astoydil harakat qilamiz"
Pro-Liga 33-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari" - "Iftixor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Karimberdi Mamadaliev "Championat.asia” saytiga intervyu berdi.
Bugun qiyin uchrashuv o'tkazdik. Bilasiz, derbilar har doim shiddatli bo'ladi. "Iftixor" jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rgandik.
Bugungi uchrashuvni tomosha qilgan muxlislar va mutaxassislar ko'rib guvoh bo'lishdi, uchrashuvda yaqqol ustunlik biz tomonda bo'ldi. Afsuski, yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadik va yakunda mag'lub bo'ldik.
"Yozyovon-Lochinlari"ning Pro-Ligada yana 3 ta o'yini qoldi. O'yindan keyin jamoamiz azolari bilan jiddiy gaplashib oldik, endi qolgan barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib, jamoamizni Pro-Ligada saqlab qolish uchun astoydil harakat qilamiz - deydi Karimberdi Mamadaliev.
Bekzod Tolibov yozib oldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar