Karim Benzema: "Oldin Ronaldu uchun o'ynardim, endi "Real"ning hujum chizig'ida etakchiman"
25 fev 2019 22:55
Yangiliklar


Karim Benzema: "Oldin Ronaldu uchun o'ynardim, endi "Real"ning hujum chizig'ida etakchiman"
"Real" hujumchisi Karim Benzema Ronaldu jamoani tark etganidan so'ng, uning roli o'zgargani haqida fikr bildirdi.
"Oldin "Real"da bir mavsumda 50tadan ortiq gol ura oladigan yigit bo'lardi. Men Ronaldu uchun o'ynar edim, biz yaxshi duet hosil qilganmiz. Har doim unga gol urishi uchun yordam berishga harakat qilardim. Hozir esa, "Real" hujumida etakchiman, hammasi menga bog'liq. Juda baxtliman, chunki o'zimning odatiy o'yinimni ko'rsata olaman" – dedi Benzema.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar