Karim Benzema La Liga joriy mavsumida gol+pas tizimida peshqadamlik qilmoqda
21 dek 2020 08:10
Yangiliklar


Karim Benzema La Liga joriy mavsumida gol+pas tizimida peshqadamlik qilmoqda
“Real” La Liga 14-turi doirasida “Eybar”ga qarshi bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvda madridliklar hujumchisi Karim Benzema bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Francuz hujumchisi La Liga 2020/21 yilgi mavsumi doirasida 12 ta o'yinda qatnashib, gol+pas tizimida 12 ochko jamg'ardi — 7 ta gol va 5 ta assist.
Benzema ushbu ko'rsatkich bo'yicha La Ligada 1-o'rinni “Selta” azosi Yago Aspas bilan bo'lishib turibdi. Farqi shundaki Aspas Benzemadan ko'ra 2 ta o'yin ko'proq o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar