Karikatura. “Navbahor” ajdarni ikki boshidan judo qildi. Bugun nima bo'ladi?
25 apr 2018 09:18
Yangiliklar
Karikatura. “Navbahor” ajdarni ikki boshidan judo qildi. Bugun nima bo'ladi?
Superliganing 8-turida bugun “Navbahor” Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuv uchun Hasan Mahmudov o'z suratini taqdim etdi.
Suratda Toshkent ajdari aks etgan bo'lib, uning ikki boshi uzilganini ko'rish mumkin. Boisi “Navbahor” o'z maydonida avvaliga “Lokomotiv”ni (2:0), keyin esa “Bunyodkor”ni (2:1) taslim qildi. Xo'sh, bugun kimning qo'li baland keladi?

“Navbahor” qahramonining qo'lida “12” raqami tushirilgan qilich bor. Bu klub muxlislariga ishoradir. Namangandagi o'yinda ular g'alabaning asosiy omili bo'ldi. Toshkentda-chi? Sizningcha bugun “Paxtakor” stadionida necha ming muxlis “Navbahor”ni qo'llab-quvvatlaydi?
Ha, aytgancha, “Navbahor” qahramonining qo'lidagi qilichdan tashqari boks qo'lqoplariga ham etibor qaratish mumkin. Bu Oybek Qilichev. Agar u ham tarkibga qaytadigan bo'lsa, “Navbahor”da qurollar soni yana 1 taga oshishi mumkin.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar