“Kardiff” ustozi: “APL – dunyoning eng kuchli chempionati va unda jahonning eng yomon hakamlari ishlaydi”
01 apr 2019 00:15
Yangiliklar
“Kardiff” ustozi: “APL – dunyoning eng kuchli chempionati va unda jahonning eng yomon hakamlari ishlaydi”
“Kardiff” bosh murabbiyi Nil Uornok “CHelsi” bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) uchrashuv natijasi adolatsiz bo'lgani haqida bildirdi.
“O'yinga juda ko'p kuchimizni sarfladik va g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Grand klublarga qarshi o'yinlarda bizda VAR bo'lishi kerak. “CHelsi” Aspilikuetaning birinchi goli yani o'yindan tashqari holatdagisi tufayli g'alaba qozondi. Agar ofsaydni ko'rmas ekansan, unda nega hakamlik qilib yuribsan bilmadim. Men bizning foydamizga belgilanmagan ikkita penalti va raqib futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilmaganini ham eslab o'tmoqchiman. APL – dunyoning eng kuchli chempionati va unda jahonning eng yomon hakamlari ishlaydi. SHogirdlarim haqida nima deya olaman? Ular bugun juda yaxshi o'ynashdi”, - deydi Uornok.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar