So’nggi yangiliklar

20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  1 19:56Феллайни Бельгия жамоаси мураббийлар штабига қўшилди  0 19:29Ҳали январь келмади, аммо "Вильярреал" илк трансферини амалга ошириб бўлди  0 19:06Гвардиола мавсум сўнгида "Манчестер Сити"дан кетади. Жамоанинг кейинги мураббийи ким бўлади?  10 18:43Жароҳатлардан азият чекаётган "Арсенал" "Реал" ҳимоячисига кўз тикди  0 18:18"Андижон" Ўзбекистон U-21 терма жамоасини мағлуб этди  2 17:54"Пахтакор" "Риу Аве", "Ризеспор" ва "Кайсериспор" билан деярли бир қаторда — IFFHS  8 17:28Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!  37 17:06Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди  18 16:38U-23 Осиё Кубоги стадионлари  2 16:15Бир қоп картошка, сабзи, тухум ва 5 гб интернет  4 15:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  8 15:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ 2 ўйинида ишлайди  0 15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0

"Kardiff" Sala agentlarini sudga bermoqchi Yangiliklar

"Kardiff" Sala agentlarini sudga bermoqchi

"Kardiff Siti" Emiliano Salaning agentlari bilan sudlashishni rejalashtirmoqda.

Bir necha kun oldin Sala o'tirgan samolyot yo'qolib qoldi va hozirgacha topilmadi.

"Kardiff" baxtsiz voqealar uchun sug'urtadan foydalanganiga qaramay, 28 yoshli futbolchi transferidan 14 mln. evro yo'qotadi.

Agentlarga to'lov miqdori (2,5 mln. evro) va Salaning 3 yillik shartnomasi 30 mln. funtga baholanmoqda. Sug'urta kompaniyasi 16 mln. evro miqdorida pul to'lashi mumkin.

Samolyot yo'qolishi sabablari aniqlanmagunicha "Kardiff" "Nant"ga o'tkazishi kerak bo'lgan pullarni muzlatib qo'ydi.

"Kardiff" beparvolik tufayli agentlarni sudga bermoqchi. Sala La-Manshni 1984 yilda ishlab chiqarilgan bir motorlik samolyotda uchib o'tishga harakat qilgan, bu esa klubdagilarni g'azablantirmoqda. Havo kemasi rulida esa licenziyaga ega bo'lmagan uchuvchi bo'lgan.

Salaning Kardiffdan Nantga va orqaga uchishi agentlar tomonidan tashkillashtirilgan.

"Kardiff" "Nant"ga transfer uchun 20 mln. evro hamda klub APLda jon saqlab qolgani uchun 3 mln. evro to'lashi kerak. Barcha hujjatlar FA va FIFAga yuborildi. Hujjatlar tekshirilganidan so'ng uelsliklar pullarni o'tkazib berishi kerak bo'ladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика