So’nggi yangiliklar

19:00"Камп Ноу"ни таъмирлаётган компания норасмий ишчилардан фойдалангани учун жаримага тортилди  1 18:32Пирс Морган: "Арсенал" "Бавария"ни мажақлаб ташлади — бутун Европа ларзага келмоқда"  5 18:04ЎФА Мўғулистон футбол ассоциацияси билан ҳамкорликни кенгайтиради  13 17:42Франк: "Бу футболчи "Олтин тўп"нинг кейинги соҳиби бўлади"  0 17:14"Сўғдиёна" футболчиси Корея клубига ўтишга яқин  5 16:47Энрике: "ПСЖ "Тоттенхэм"га қарши ўйинда характер кўрсатди"  0 16:21Саудия Арабистони стадионлар қурилиши учун қарз беради  1 15:55Италиялик ҳужумчи Ўзбекистонга қайтиши мумкин  8 15:28Манба: ОКМК ярим ҳимоячиси "Насаф"га ўтмоқда  8 15:08"Андижон" яна дуранг ўйнаган ОЧЛ 2 ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:40Витиньяга аталган оқшом, Мбаппедан покер, "Интер"нинг илк мағлубияти ва "Спортинг" ТОП-8да  0 14:21"Насаф"нинг икки етакчиси "Пахтакор"га ўтади  44 13:53Мадуэке: "Жамоадошларим ва мураббийлар штаби менга ишонади"  0 13:26"Барселона" ҳимоячиси келажагини жамоага бағишлашга тайёр  3 12:58Тимур Кападзе: "Индонезияга бу ердаги муҳитни кўрай деган мақсадда келдим"  21

Karantindagi insayd xabar: O'zbekiston milliy jamoasi murabbiyi Superliga klublari takliflarini ko'rib chiqishga tayyor Yangiliklar

Karantindagi insayd xabar: O'zbekiston milliy jamoasi murabbiyi Superliga klublari takliflarini ko'rib chiqishga tayyor

O'zbekiston milliy jamoasida darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlayotgan Denis Ivankov tez orada Superliga klublarida paydo bo'lish ehtimoli mavjud.

Ayni paytda butun dunyoda koronavirus tufayli sport o'yinlari, xususan futbol chempionatlari to'xtatilgan. O'zbekiston milliy jamoasi ishtirokidagi yig'in va o'yinlar ham nomalum muddatga ortga surildi. Terma jamoada faoliyat ko'rsatayotgan Denis Ivankov esa ayni damda ko'p vaqtini bo'sh o'tkazmoqda va malumotlarga ko'ra, mutaxassis kelajakda Superliga klublaridan bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Mazkur masala bo'yicha Denis Ivankovga murojaat qildik va bu xabarni mutaxassisning o'zi ham tasdiqladi. Demak tez orada Denis Ivankov Superliga jamoalarida faoliyat boshlashi mumkin.

O'zbekiston terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayotgan tajribali mutaxassis "Mashal" va "Nasaf"da ham faoliyat yuritganidan xabaringiz bor.

Denis Ivankov "Nasaf"dagi faoliyati davomida turli yoshdagi terma jamoalar va MTJ darajasidagi Eldorbek Suyunov, O'tkir Yusupov, Umidjon Ergashev va Abduvohid Nematov kabi iqtidorli posbonlarni tarbiyalashga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, Ivankov "Nasaf"dan avval ishlagan "Mashal"dagi faoliyati davomida ham ajoyib posbonlarni chiqarishda jonbozlik ko'rsatgan. Ulardan biri Sanjar Quvvatov. O'tgan mavsumlar davomida ustoz va shogird Qarshida ham birga ishlashga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda Ivankovning hamma shogirdlari barcha yoshdagi hamda milliy terma jamoalarga nomzod darvozabonlar hisoblanadi.

Malumot o'rnida:

Ism sharifi: Denis Ivankov Aleksandrovich

Tug'ilgan sanasi: 1972 yil, 17 iyun.

Futbolchilik faoliyati: "Aralvodstvorec" (1990), "Soxibkor" (1990), "CHirchiq" (1991), "Paxtakor" (1992, 1994-1995), "Nurafshon" (1992-1993), "Neftchi" (1995)

Murabbiylik faoliyati: "Mashal", "Nasaf", O'zbekiston terma jamoasi

Yutuqlari: O'zbekiston chempioni (2): (1992, 1995)

Murabbiy sifatida yutuqlari

O'zbekiston Kubogi sohibi (2015)

O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi: (2013, 2014, 2015, 2016)

O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi: (2017)

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика