So’nggi yangiliklar

08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  1 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  3 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  0 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  3 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  4 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  7 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  9 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  29 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2

Karantin rejimidagi Superligani tiklash marketlardagi holatdan ko'ra xavfsiz?! Yangiliklar

Karantin rejimidagi Superligani tiklash marketlardagi holatdan ko'ra xavfsiz?!

Janubiy Koreya chempionati boshlanishi ortidan ko'plab jahon OAVlari mazkur mamlakat futboliga katta etibor qaratdi.

Bizda ham karantin choralari yumshadi. Superliga o'yinlariga hukumat ruxsat bersa, chempionatni qatiy karantin tartiblariga to'liq rioya etgan holda o'tkazish mumkin, nazarimda.

Masalan savdo markazlarida nisbatan odam to'planishi ehtimoli yuqori va ularni malum nazoratda ushlab turish birmuncha qiyin yumush. Marketlarda ham masofa saqlash yoki gigienik qoidalarga to'liq amal qilinmayotganiga o'zim duch keldim. Aytmoqchi bo'lganim, karantin choralari yumshash natijasida xotirjamlik oshdi. Bu esa bazilarda masuliyat yo'qolgandek tasavvur uyg'otmoqda. SHuni unutmaylikki, xotirjamlik yaxshi. Lekin bu masuliyatni yo'qotishga xizmat qilmasin, aksincha, yanada sergakroq bo'lishimiz lozim.

Marketlardagi holatni ko'rib, futbol o'yinlarini karantin rejimida muxlislarsiz malum tartibda o'tkazish mumkinligiga va xavfsizlik nisbatan bu yaxshiroq bo'lishiga ham ishonyapman. Yana bir yaxshi tarafi, barcha jamoalar, futbolchilar, murabbiylar va futbol o'yinlarida bevosita ishtirok etadigan masul xodimlar tibbiy nazoratda bo'ladi. O'ylashimcha, bu uyida o'tirgan va ehtiyoj tufayli baribir do'konga chiqadigan futbolchilar uchun nisbatan bu xavfsiz. Ular hozir uyida, lekin kunlik ehtiyoj uchun ko'chaga chiqishi tabiiy. Nazoratsiz. CHempionat davom ettiriladigan bo'lsa, unda karantin rejimida va tibbiy nazoratda bo'ladi. Qaysi biri qulay yoki xavfsiz? SHaxsiy fikrimcha, ikkinchisi.

To'g'ri, futbolsiz zerikdim/zerikdik, balki shu uchun men yoki siz chempionat restartiga ehtiyoj sezayotgan bo'lishingiz mumkin. Futbol sog'inchi ustunroq ko'rinayotgan bo'lishi mumkin, yashirmayman. Har qanday futbol yoki boshqa istalgan narsalar hozirgi davrda eng oxirgi darajada, qo'shilaman. Muhimi, sog'liq va xavfsizlik! Bu borada ortiqcha savollarga o'rin yo'q.

SHunchaki qolgan soha va yo'nalishlar ishga tushgani va ular shunchaki gigienik tartibga rioya etib faoliyat yuritayotganidan kelib chiqsak, futbolni muxlislarsiz karantin rejimida o'tkazish nisbatan xavfsizroqdek tuyulmoqda.

Bu borada O'FA va PFL o'z rejalarini nafaqat hukumatga, balki ommaga ham oshkor etishsa hamda turli variantlarni muhokamaga qo'yishsa chakki bo'lmasdi. Hozir barcha o'z sohasini qayta tiklash uchun kurashmoqda.

Yaxshi tarafi, Superligani qayta tiklash uchun bizda tayyor Janubiy Koreya chempionati va Germaniya Bundesligasi qo'llanma sifatida ham yordam beradi. Ulardagi xavfsizlik choralaridan andoza olish mumkin. Bu orqali esa uyda zerikib qolgan millionlab futbol ishqibozlari, maktab o'quvchilari, kollej/institut talabalari, nafaqadagi insonlarga oz bo'lsada zavq taqdim etish mumkin. Ko'plab bolajonlar ham uyda va asosiy vaqtini teleekran qarshisida o'tkazmoqda. Onlayn o'tkazilayotgan darsliklar, ko'ngilochar dasturlar, multfilm yoki kinolar arxivi ham tugab qoldi. Ayni damda restart qilinishi mumkin bo'lgan futbol orqali yangi avlodni futbolimizga bo'lgan mehrini uyg'otishimiz, o'zbek futboli yangi auditoriyani ham qo'lga kiritishi mumkin. O'zbek sportini, xususan futbolimizni jahon miqiyosida etibor markaziga tushirish va translyaciya masalalari bo'yicha oldinga qadam tashlanishi mumkin.

Muxlislarsiz futbol va jonli efir orqali tomoshabinlarga taqdim etiladigan o'yinlar qanchadir aholiga alo kayfiyat taqdim etishi mumkin. Har soha vakillari o'z yo'nalishlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib muxlislarni xursand etishmoqda. Sanatkorlar uyida jonli efir orqali koncert uyushtirayotgan bir paytda, karantin rejimidagi futbolni qo'llab ko'rsak yomon bo'lmasdi.

CHempionatni qay tartibda o'tkazish bo'yicha variantlar PFLda ham bor. OAVda ham, xususan saytimizda Nodirxo'ja Yuldashev bu borada Qashqadaryoni markazlashtirishni taklif etdilar. Aslida Toshkentni markazlashtirib chempionatni tiklash qulay va osonroq. Qashqadaryo bo'yicha ham echimlar bor. Muhimi, hukumat bu borada O'FAga ishonch bildirishi va futbolimiz jamoatchiligi bu ishonchni suistemol qilmasligi lozim bo'ladi.

Futbolni boshlash orqali, kayfiyat ko'tarish mumkin. Qashqadaryoda markazlashgan chempionat boshlash taklifi 

Bundesliganing karantin rejimidagi qiyofasi va dahshatli menyu  

Tartib qoida birinchi o'rinda. SHunga amal qilgan holda aqlli yurish qilish payti O'FAga keldi. Bu borada Sport vazirligi ham O'FAni qo'llab yuborishi lozim.

Karantin davrida barchani uyga o'tirishga chorlovlar ko'p bo'ldi, xalqimizni buni to'g'ri qabul qilib, vaziyatni tushundi va tushunadi. Ularni uyida zerikib qolmasligi uchun boshqa soha vakillari singari futbolimiz ham harakat qilib ko'rishi kerak, nazarimda. Xo'sh, siz nima deysiz?

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика