Kapunek va SHarpar “Bunyodkor”ga maqul kelmadi
14 fev 2014 23:25
Yangiliklar


Kapunek va SHarpar “Bunyodkor”ga maqul kelmadi
Mavsumoldi yig'inlar davomida O'zbekiston chempioni “Bunyodkor” safida bir necha xorijlik legionerlar ko'rikdan o'tishdi.
Jumladan, Asrlonmurod Omonov
(Turkmaniston), Kamil Kapunek (Slovakiya), Sergey Simonenko, Ruslan
Ablitarov va Vyacheslav SHarpar (uchalasi – Ukraina) hamda Karles Koto
(Ispaniya).
Xorijlik futbolchilarni sinchikovlik bilan o'rganib chiqqan “Bunyodkor” FK murabbiylar shtabi ukrainalik Sergey Simonenko va ispaniyalik Karles Koto harakatlaridan qoniqishdi.
SHu tariqa, “Bunyodkor”ning xorijlik legionerlar limiti to'ldi. Bular: himoyachi Sergey Simonenko, yarim himoyachi Karles Koto va hujumchi Oleksandr Pishur. Hozircha osiyolik legioner limiti bo'sh turibdi.

Fikrlar