So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Murabbiy uchun bir eshik yopilsa, ikkinchisi ochiladi" - "Istiqlol"ni tark etgan Vitaliy Levchenko Championat.asia saytiga intervyu berdi Yangiliklar

"Murabbiy uchun bir eshik yopilsa, ikkinchisi ochiladi" - "Istiqlol"ni tark etgan Vitaliy Levchenko Championat.asia saytiga intervyu berdi

Xabaringiz bor, kecha Tojikistonnig "Istiqlol" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

2020 yildan beri jamoada faoliyat olib borayotgan ukrainalik murabbiy Vitaliy Levchenkoning klub shartnomasi yakunlandi. Amalda ikki tomon kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi. Mutaxassis mana shu vaqt ichida ko'zga ko'rinarli natijalarga erishdi, deya olamiz. Uning qo'l ostida jamoa ketma-ket uch yil chempionat oltin medallari, ikki marotaba Superkubok va bir marotaba mamlakat kubogida zafar quchdi. "Istiqlol" o'z tarixida ilk bor OCHLda ishtirok etdi va guruhdan chiqishga  muvaffaq bo'ldi. Xo'sh, shunday ko'rsatkichlardan keyin ham u nima uchun klub bilan xayrlashdi? Abdulaziz Iskandarov bu borada Levchenkoni suhbatga chorladi va bir qator savollarga javob oldi. 

- Vitaliy Grigorevich keling dastlab jamoadan ketishingiz sabablariga atroflicha to'xtalsak...

- Suhbatimiz avvalida "Istiqlol" klubi prezidenti SHohruh Saidzodaga, murabbiylar shtabi va barcha mamuriy xodimlarga ajoyib hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, professional futbolda ikki tomonning ajralishi bo'ladigan hodisadir. Murabbiy uchun bir eshik yopilsa, ikkinchisi ochiladi. U har doim bunday holatga tayyor turishi kerak. Men esa o'sishni, yanada oldinga intilishni istayman. 

Jamoaga professional darajada qo'limdan kelgancha ko'p narsa bera oldim, deb o'ylayman. Tahlil qilsangiz, 2021 yilgi OCHL musobaqasidagi ishtirokimizdan so'ng jamoaning 13 nafar futbolchisi xorij klublari bilan shartnoma imzoladi. SHuningdek Osiyoda hali hech kim tanimagan ikki nafar yosh futbolchi Eron grandi "Persipolis" klubi safiga borib qo'shildi. Anush Mabatshoev va Daler Imomnazarovlar milliy terma jamoaga jalb qilindi. Bu mening shtabim samarali va tizmli ishlaganidan dalolat beradi.

- Demak 3 yillik faoliyatingizdan qoniqish hosil qildingiz?

- Mening ishimga jurnalistlar, mutaxassislar va men bilan ishlagan futbolchilar baho berishi kerak. Etibor bersangiz, tarixda ilk bor "Istiqlol"ni OCHLga olib chiqdik, "o'lim" guruhidan chiqishga muvaffaq bo'ldik.  Agarda raqiblarimiz bilan solishtiradigan bo'lsak, byudjetimiz, tarkibimiz katta farq qilishini ko'rish mumkin. Umuman olganda maksimal natija ko'rsatishga harakat qildik. Bu mavsumda ham tarkibdagi Yo'qotishlar bilan munosib o'ynadik. 

- Balki klub talablaringizni bajarmagandir?

- Top futbolchilarni taklif qilish uchun pulimiz ko'p emasdi. Ikki oyda yaxshi jamoa tuzib "Al Hilol" kabi jamoalarni mag'lubiyatga uchratish qiyin. Deylik "Paxtakor" bilan solishtiradigan bo'lsak, biz moliyaviy jihatdan ulardan ham pastdamiz. Buni tushunish lozim. 

- Tojikistonda ishlashning qanday qiyinchiliklarini ko'rdingiz?

- Qiyinchiliklari haqida gapirmoqchi emasman. CHunki murabbiyda doim qandaydir muammolar uchrab turadi. Muhimi "Istiqlol" endilikda yangi darajaga chiqdi. Futbolchilar o'sishni boshladi. Bunga yuqoridagi misollarni keltirishim mumkin. 

- Bilishimcha, jamoadan o'tgan yili ketishingiz ham mumkin edi. Xalqaro maydondagi muvaffaqiyatdan so'ng oldingizda bir qator xorij klublaridan takliflar bo'lgan...

- Ha, jamoadan ketishim ehtimoli yo'q emasdi. Biroq bunday ishga qo'l urmadim. Aks holda muxlislar meni kemani qiyin vaziyatda tashlab qochadigan "kalamush"ga qiyoslashlari hech gapmas. Tarkibimiz kuchsizlandi. Lekin bilingki, cho'kayotgan kemani faqatgina kapitan oxiri bo'lib tark etadi. Orada Qatarning "Al Spayr" yoshlar jamoasini boshqarish taklifiga rad javobini berdim. Boisi "Istiqlol" bilan kelishuvim bor edi. 

- "Turon" ham qiziqish bildirgandi...

- Bu boradagi poziciyamni avval aytgandim. "Istiqlol"ni murakkab pallada tashlab ketganim yo'q. 

- O'zbekiston chempionatini kuzatib boryapsizmi? Turnir jadvalining yuqori va quyi o'rindagi jamoalar haqida fikringiz qanday?

- Ha, O'zbekiston Superligasini kuzatib bormoqdaman. Turnir jadvalida jamoalar zich joylashgan. Bitta g'alaba orqali yuqoriga chiqish yoki aksincha mag'lubiyat bilan pastga tushish mumkin. Jamoalar kurashdan to'xtab qolmasa, kuchli intriga yil oxiriga qadar davom etadi. "Dinamo" va "Neftchi" klublari yaxshi moliyaviy holatga ega bo'lishiga qaramay pastda yurishibdi. Bu albatta ajablanarli. Lekin mazkur masalada klub rahbarlari batafsil javob bergani maqul.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика