Kapello: "Messini Ronaldudan yaxshi deb bilaman, ammo..."

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018, 15:58
Mashhur murabbiy Fabio Kapello futbolchilar Krishtianu Ronaldu va Leo Messini solishtirdi.

"Argentina yarim himoyasi juda yomon o'ynadi. Ular asosan markazdan Messiga to'p oshirishdi. Uni o'yin jihati borasida Ronaldudan ustun deb bilaman, biroq Messi milliy termada o'z saviyasini tushirib bormoqda.

Ronalduning jamoadan ketishi? Bu uning muammosi. Ronaldu ham, Messi bilan ham bir xil munosabatdaman", - dedi Kapello.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mediaset Premium