Kapello: "Messini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bo'lmaydi"
05 avg 2015 15:49
Yangiliklar


Kapello: "Messini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bo'lmaydi"
Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapelloning fikricha, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi maydonda boshqacha harakat qilish uchun etarli tajribaga ega.
"Biz uning texnika va iqtidoridan rohatlanamiz. Endi u o'zining tajribasidan ham foydalanishi mumkin. Bunday muvozanat bilan u faoliyatining oxirigacha bir tempda o'ynay olishi mumkin. Ammo Messini jahon futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bo'lmaydi. Har bir davrning o'zini futbolchisi bo'lgan. Avvaliga di Stefano, keyin Pele, ulardan so'ng esa Maradona. Hozir Messining davri" - deydi Kapello.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar