Kapello: “Anchelotti Italiyaning buyuk murabbiylaridan. U eng zo'ri - chunki hamma joyda g'olib chiqqan”
14 fev 2023 13:55
Yangiliklar


Kapello: “Anchelotti Italiyaning buyuk murabbiylaridan. U eng zo'ri - chunki hamma joyda g'olib chiqqan”
Fabio Kapello Italiya tarixidagi eng buyuk murabbiy kimligini aytdi.
"Anchelotti – buyuk murabbiy, Italiyada faoliyat olib borgan murabbiylarning eng buyugi. U eng yaxshisi, chunki hamma erda g'alaba qozongan, bu esa mushkul vazifa".
SHuningdek, Kapello hamkasbi Anchelottining Braziliya termasini boshqarishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.
"Juda qiziq bo'lardi. Terma jamoalarni shug'ullantirish – bu butkul boshqa [klub bilan ishlashdan]. Men aynan termada ishlash orzum bo'lgani uchun Angliya boshqaruviga rozi bo'lganman. O'ylashimcha, faoliyatining oxirgi yillarida Karloda ham shunday bo'lishi mumkin", - – dedi "Milan", "Yuventus" va "Real" klublari sobiq murabbiyi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar